O‘qituvchilar Uchun Interaktiv Prompt Generator
Promptlar Banki & Generator
Tayyor shablonlarni o‘z faningizga moslab to‘ldiring, 1-bosishda nusxalang yoki ChatGPT, Gemini va Claude dasturlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzating.
Ilmiy MaqolaRasmiy Formulalar
Scopus / WoS Maqola Uchun Ilmiy Annotatsiya (Abstract) Yozish
Prof. Rustamov Dilshod• Axborot Texnologiyalari
O‘zgaruvchilarni O‘z Faningizga Moslang:
Natijaviy Prompt (Jonli Ko‘rinish):● Real-time sinxron
Siz xalqaro nufuzli ilmiy jurnallar (Scopus/Web of Science) taqrizchisisiz (Reviewer). Quyidagi ilmiy tadqiqotim natijalari asosida 200-250 so'zdan iborat mukammal ingliz va o'zbek tilidagi Annotatsiya (Abstract) hamda 6 ta kalit so'z (Keywords) yozib bering.
Tadqiqot ma'lumotlari:
- Soha: Tibbiyot Biotexnologiyasi
- Tadqiqot mavzusi: Yurak kasalliklarini erta aniqlashda neyron to'rlari tahlili
- Asosiy maqsad va gipoteza: EKG signallarini 98% aniqlikda klassifikatsiya qilish
- Qo'llanilgan metod: 10,000 bemor ma'lumotlarida CNN arxitekturasi
- Asosiy kashfiyot/natija: Klassik usullarga qaraganda 14% yuqori aniqlik
Struktura: Background -> Methods -> Results -> Conclusion formatiga qat'iy rioya qilinsin.
Umumiy PedagogikaRasmiy Formulalar
Murakkab Mavzuni Talabalarga Oddiy O‘xshatish (Analogiya) Bilan Tushuntirish
Prof. Aliyev Jasur• Aniq va Tabiiy Fanlar
O‘zgaruvchilarni O‘z Faningizga Moslang:
Natijaviy Prompt (Jonli Ko‘rinish):● Real-time sinxron
Siz Richard Feynman kabi murakkab narsalarni sodda tushuntira oladigan daho pedagog siz.
Menga Kvant Fizikasi / Kimyo fanidagi eng tushunish qiyin bo'lgan "Kvant chalkashligi (Quantum Entanglement)" tushunchasini Boshlang'ich talabalar darajasidagi talabalarga hayotiy, qiziqarli o'xshatish (analogiya) va misollar orqali 3 daqiqada tushuntirish matnini yozib bering.
Struktura:
1. Qiziqarli "Qarmoq" (Hook) savol
2. Hayotiy analogiya (Kundalik turmushdan misol)
3. Ilmiy terminlar bilan bog'lash
4. 1 ta qisqa xulosa formulasi
Test & BaholashRasmiy Formulalar
Bloom Taksonomiyasi Bo‘yicha 3-Darajali Test Generator
Prof. Aliyev Jasur• Aniq va Tabiiy Fanlar
O‘zgaruvchilarni O‘z Faningizga Moslang:
Natijaviy Prompt (Jonli Ko‘rinish):● Real-time sinxron
Siz tajribali universitet professorisiz. Menga Oliy Matematika fanidan "Matritsalar va Determinantlar" mavzusi bo'yicha 2-kurs Bakalavr darajasidagi talabalar uchun Bloom taksonomiyasining turli bosqichlarini qamrab oluvchi 5 ta test savoli tuzib bering.
Har bir savol uchun:
1. Savol matni va 4 ta javob varianti (A, B, C, D)
2. To'g'ri javob kaliti
3. Qisqa ilmiy tushuntirish (nega aynan shu javob to'g'ri ekanligi)
4. Bloom bosqichi (Bilish, Tushunish, Qo'llash, Tahlil)
Talabalarni chalg'ituvchi noto'g'ri variantlar (distraktorlar) mantiqiy va professional bo'lsin.
Taqdimot & SlaydRasmiy Formulalar
Gamma.app Uchun 10 Slaydlik Taqdimot Matni va Struktura
Dots. Toirova Sevara• Pedagogika va San'at
O‘zgaruvchilarni O‘z Faningizga Moslang:
Natijaviy Prompt (Jonli Ko‘rinish):● Real-time sinxron
Siz professional vizual taqdimotlar mutaxassisiz. Menga Gamma.app dasturiga to'g'ridan-to'g'ri yuklash uchun Pedagogik Mahorat fanidan "Gamifikatsiya: Darsda talabalarni o'yin orqali jalb qilish" bo'yicha 8 ta slayddan iborat taqdimot matnini yaratib bering.
Talablar:
- Har bir slayd uchun: Katta jozibador sarlavha, 3 ta qisqa punkt (bullet-point) va tavsiya etilgan illyustratsiya tavsifi [Rasm g'oyasi]
- Matnlar uzun bo'lmasin, slaydga sig'adigan ixcham tilda yozilsin
- 1-slayd: Muqova va qiziqtiruvchi savol
- Oxirgi slayd: Asosiy xulosa va muhokama savoli
Dars RejasiRasmiy Formulalar
Interaktiv Dars Rejasi va Dars Ssenariysi (BOPPPS Metodi)
Dots. Karimova Nargiza• Iqtisodiyot va Boshqaruv
O‘zgaruvchilarni O‘z Faningizga Moslang:
Natijaviy Prompt (Jonli Ko‘rinish):● Real-time sinxron
Siz zamonaviy interaktiv pedagogika bo'yicha ekspertsiz. Menga Iqtisodiyot Nazariyasi fanidan "Talab va Taklif Qonuni" mavzusi uchun 80 daqiqalik darsning BOPPPS (Bridge-in, Objective, Pre-assessment, Participatory learning, Post-assessment, Summary) metodi asosidagi to'liq reja va ssenariysini ishlab bering.
Dars parametrlari:
- Auditoriya: 1-kurs Bakalavr talabalari
- Dars davomiyligi: 80 daqiqa
- Talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv o'yin yoki bahs mavzusi: Mini-auksion o'yini
Rejada o'qituvchi va talaba harakatlari daqiqama-daqiqa ko'rsatilsin.
Test & BaholashRasmiy Formulalar
Ochiq Savollarni Baholash Uchun Shaffof Rubrika Jadvali
Prof. Qodirov Anvar• Ijtimoiy-Gumanitar Fanlar
O‘zgaruvchilarni O‘z Faningizga Moslang:
Natijaviy Prompt (Jonli Ko‘rinish):● Real-time sinxron
Menga Fuqarolik Huquqi fanidan talabalarning Mustaqil ish / Esse topshirig'ini 100 ballik tizimda adolatli va tezkor tekshirish uchun 4 darajali (A'lo 86-100, Yaxshi 71-85, Qoniqarli 55-70, Qoniqarsiz 0-54) Baholash Rubrikasi (Rubric Table) jadvalini tuzib bering.
Topshiriq mavzusi: "Shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik"
Baholash mezonlari quyidagilarni o'z ichiga olsin:
1. Nazariy bilim va tushunchalar chuqurligi (30 ball)
2. Amaliy tahlil va mantiqiy xulosalar (30 ball)
3. Ilmiy adabiyotlardan foydalanish va iqtiboslash (20 ball)
4. Matnning akademik uslubi va tuzilishi (20 ball)